Ayol kurashchimiz kumush medalga ega chiqdi!
Xabaringiz bor, Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamlik o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugungi kun doirasida ayollar kurashi bo‘yicha -53 kg vazn toifasida Shohida Ahmedova finalda nigeriyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalga ega chiqdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar berdi.



Fikrlar