
"Ayntraxt" "Nyukasl"ning 80 million evrolik taklifini rad etdi
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchi Yugo Ekitike bo‘yicha "Nyukasl"dan kelgan taklifni qabul qilmadi.
"Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenbergning xabariga ko‘ra, inglizlar futbolchi uchun 80 million evro taklif etgan, ammo nemislar bu miqdorni qoniqarsiz deb topishgan.
Transferning rad etilishiga asosiy sabab sifatida to‘lov shartlari ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, klubning sport direktori Markus Kreshe Ekitike uchun yanada yuqori narxda kelishuvga erishish niyatida. Ayrim jamoalar bu futbolchi uchun ko‘proq to‘lashga tayyor ekanini bildirishgan.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli forvard o‘tgan mavsum Bundesligada 33 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 8 ta golli uzatma bilan ajraldi.
Fikrlar