Ayni damdagi eng yaxshi jangchi kim?

  • 12 oktabr, 03:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Braziliyalik UFC jangchisi Charlz Oliveyra hozirda promoushenning vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi jangchisi, deb kimni hisoblashini aytib o‘tdi.

Tecno

“Hozir eng yaxshi jangchi kim? Bu savolga Merab Dvalishvili, deb javob beraman. Uni janglarini kuzatish juda yoqadi. Bu yigit har qanday qiyinchilikni a’lo darajada engadi va o‘z ishini mukammal bajaradi”, — dedi Oliveyra "TNT Sports" ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil UFC da debyut qilgan Merab Dvalishvili 2024 yilning sentyabrida o‘ta engil vazn chempioniga aylandi. Shundan so‘ng u uch marta kamarini muvaffaqiyatli himoya qilishni uddaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!