"Ayaks"ning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi. Klub so‘nggi o‘rinda ketayotgan "Utrext"ga mag‘lub bo‘ldi

  • 22 oktabr, 2023, 17:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya chempionatining 9-turida "Ayaks" "Utrext" mehmoni bo‘lib, 4:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Tecno

Dastlab, Flamingo hisobni ochgan bo‘lsa, Van de Xorn oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan so‘ng Xlinsson dubl qilib, hisobni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Bergveyn jamoasini oldinga olib chiqdi. So‘nggi daqiqalarda Tornstra va Fraulolar bittadan gol urdi va mezbonlar kambek amalga oshirdi. 

Shu tariqa, "Ayaks" turnir jadvalida 17-o‘ringa tushib ketdi. "Utrext" esa 16-pog‘onaga chiqib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!