
"Ayaks" Suares uchun qancha to‘lamoqchiligi ma’lum
Niderlandiya chempionlari yozgi transferlar vaqtida "Barselona" futbolchisi Luis Suaresni tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Buning uchun ular Kataloniya klubiga 15 mln evro to‘lashga tayyor.
O‘z navbatida, 34 yoshli futbolchini sotishni maqsad qilgan barselonaliklar rahbariyatini ushbu narx qanoatlantirishi mumkin.
Urugvaylik futbolchi yakuniga etgan mavsum La Ligada 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 8 ta assist muallifiga aylandi.
Fikrlar