"Ayaks" himoyachisi uchun 3ta grand klub kurash olib bormoqda
"Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafiko uchun yana bir grand klub kurashga qo‘shildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli argentinalik futbolchini "Arsenal" ham o‘z safida ko‘rmoqchi. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq ushbu futbolchiga shuningdek Madridning ikki grandi “Atletiko” va “Real” ham kurash olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, "Ayaks" Talyafiko 2018 yil boshida "Independente"dan sotib olgan va u bilan 4,5 yillik shartnoma imzolagan edi. U joriy mavsum Gollandiya chempionatida 18ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Amsterdamliklar uni 10 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.



Fikrlar