Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Kikboksing assotsiatsiyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi

CHERY AUTO

2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Tecno

Bugun Agentlik tasarrufidagi Noshirlik sohasida mutaxasislar tayyorlash kolleji sport zalida Kikboksing assotsiatsiyasi mutasaddilari, sportchilar hamda Agentlik xodimlari uchun mashg‘ulotlar, ko‘rgazmali chiqishlar hamda mahorat saboqlari bo‘lib o‘tdi.

image_58

Shundan so‘ng, ikki tashkilot rahbarlari o‘zaro kikboksing sport turini O‘zbekistonda va xalqaro maydonda ommalashtirish, o‘zbek sportchilarini dunyoga tanitish, Agentlik xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha munosabatlarni va hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi o‘zaro hamkorlik kelishuvini imzoladilar.

yy

Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad — aholi o‘rtasida kikboksing sport turini ommalashtirishga ko‘maklashish, etuk sportchilar bilan uchrashuv va seminarlar tashkil etish orqali yoshlarning kikboksing haqidagi bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu sport turini keng targ‘ib etishdan iborat.

tststsau

Kelishuv doirasida kikboksing sohasi xodimlari uchun ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish tartibi va usullari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berish, telekanallar va ijtimoiy tarmoqlarda onlayn videodarslar tashkil etish, turli seminar, uchrashuv, brifing va yig‘ilishlarni o‘tkazish kikboksing hamda sportning boshqa turlari bo‘yicha har xil elektron, audio va qog‘oz shakldagi kitob va uslubiy qo‘llanmalarni yaratish va nashr etishda ko‘maklashish kabi masalalar o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!