Avvalgidan 29 barobar qimmat! Ronaldu kelgandan keyin "Al-Nassr" stadionida chipta narxlari "osmonga etdi"

  • 3 yanvar, 2023, 20:17
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

Shundan so‘ng riyodliklar ishtirokidagi o‘yinlar uchun chipta narxlari keskin ko‘tarilib ketdi. Ya’ni, "Mrsool Park" stadioni kassalarida eng arzon chipta o‘rtacha 398.98 AQSh dollaridan sotilmoqda. Solishtirish uchun avval bu ko‘rsatkich 14 dollarga teng edi.

Ar-Riyod shahrida joylashgan ushbu o‘yingoh o‘z bag‘riga 25000 muxlisni sig‘dira oladi. "Nassr" bugun Ronaldu ishtirokida tanishtiruv marosimi o‘tkazishni rejalashtirgan.

Rudi Garsiya shogirdlari ayni paytda Saudiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!