
Avval bunaqasi bo‘lmagan. Yoxud PFL Superliga uchun yangi introni taqdim etdi (video)
Ertaga Superliganing yangi mavsumiga rasman start beriladi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi bu safar musobaqaning introsiga alohida yondoshishga harakat qildi. Aytish kerakki, ushbu introda har bir jamoaning o‘z ramzlari, an’analari aks etgan.
"Coca-cola Superliga introsiga bu safar alohida yondoshishga harakat qildik. Bizda har bir klub o‘z ramzlariga, an’analariga ega. Shu jihatlar introda aks ettishi uchun harakat qilindi.
Albatta har kimning o‘z didi va qarashlari mavjud. Ishonamizki, baho berayotganda mana shu jihatni inobatga olasiz", - deb yozdi PFL Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegram kanalida.
Quyida ushbu introni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar