Avstraliya - O‘zbekiston o‘yinining eng yaxshilari aniqlandi (SofaScore)

  • 23 yanvar, 2024, 19:47
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogi 3-turi doirasida Avstraliya va O‘ZBEKISTON terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 

Tecno

Dastlab, "yashil qit’a vakillari" Boylning penaltidan urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo 79-daqiqada Aziz Turg‘unboev baland sakrab, boshi bilan gol urdi va muvozanatni tiklab qo‘ydi. 

Shu tariqa, ikki jamoa ham pley-off masalasini hal qildi. Avstraliya 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, O‘zbekiston 2-pog‘onani band etdi. 

Statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi "SofaScore" portali bellashuvdan keyin futbolchilarni baholab chiqdi. Unga ko‘ra, termamiz safida eng yuqori ballga Masharipov va Turg‘unboev loyiq ko‘rildi - 7.4.  Quyida termamiz o‘yinchilariga qo‘yilgan ballar bilan tanishing. 

photo_2024-01-23_19-36-32photo_2024-01-23_19-36-55

photo_2024-01-23_19-43-31

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахромжон Турсунов
23/01/2024 20:40
Шу сайтга киришдаги футболчилар расми ва рекламалар жонга тегди.