Avliyoxon Hamidov "Muradov_professional_Liga" bilan shartnoma imzoladi

  • 23 fevral, 2022, 12:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Ma’lumki, 27 fevral kuni Mahmud Muradov asos solgan "Muradov_professional_Liga"ning uchinchi turniri tashkil etiladi. 

Ushbu jang kechasining "fayt-kard"idan bir qator taniqli MMA vakillarimizning jangi o‘rin olgan. Qizig‘i ushbu kechada kuni kecha Oktagon hamda U1 promousheni hamkorlikda o‘tkazgan jang kechasida jang qilgandi va kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ygan yurtimizning ko‘zga ko‘ringan MMA jangchisi Avliyoxon Hamidov ham jang qiladigan bo‘ldi.

U "Muradov_professional_Liga" bilan shartnoma imzoladi. Biz ushbu voqeylik munosabati bilan Avliyoxon bilan bog‘landik va uning fikrlariga quloq tutdik.

- Ha, ushbu promoushen bilan shartnoma imzoladim. Endi ketma-ket jang o‘tkazaveraman. Ya’ni, har oyda oktagonga ko‘tarilaman. 27 fevral kuni jang qilishim aniq. Biroq, raqib kim bo‘lishi haqida aniq fikr bildira olmayman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!