"Australian Open-2021". Novak Jokovichga teng keladigan raqib topilmadi!

  • 21 fevral, 2021, 18:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

"Katta dubulg‘a" tasnifiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining yakkalik bahslarida erkaklar o‘rtasida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning birinchi tartib raqamli raketka ustasi Novak Jokovich hamda rossiyalik Daniil Medvedev kortga chiqdi.

Tecno

Dastlabki setda biroz jiddiy qarshilikka uchragan serbiyalik 7:5 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq ruhiy va jismoniy ustunlikka ega bo‘lgan holda, o‘yin taqdirini 3 setdayoq hal qildi. Yakuniy hisob: 7:5, 6:2, 6:2.

Shu tariqa, Novak o‘z faoliyatidagi "Ulkan toj" tasnifiga kiruvchi 18-sovrinni boshi uzra baland ko‘tardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!