ATP. Dramatik uchrashuvda Rublyovga biroz omad etishmadi

  • 18 noyabr, 2020, 11:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

London shahri tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yilning yakuniy turniriga mezbonlik qilmoqda. 3-kunning so‘nggi bellashuvida gretsiyalik Stefanos Tsitsipas hamda rus sportchisi Andrey Rublyov kortga chiqdi.

Tecno

Dastlabki setni katta ustunlik bilan o‘z foydasiga hal etgan yunon tennischisi ikkinchi setda raqib qarshiligini sindira olmadi. Haqiqiy dramaga aylangan hal qiluvchi setda bor imkoniyatini berib harakat qilgan har ikki raketka ustasi tay-brekkacha kuch sinashdi va tennis lotereyasida Tsitsipasning qo‘li baland keldi. Yakuniy hisob: 6:1, 4:6, 7:6(8:6).

Bugun Aleksandr Zverev hamda Diego Shvartsman munosabatlarga oydinik kiritib olish uchun kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!