“Atletiko”ga uzoqdan hujumchi keladi

  • 14 aprel, 2021, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” mutasaddilari urugvaylik yosh hujumchi Matias Areso bilan shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarni boshladi.

Tecno

Manbalarning ma’lum qilishicha, Montevideo shahrining “River Pleyt” jamoasi sharafini himoya qilayotgan 18 yoshli hujumchi Urugvayning eng iste’dodli futbolchilaridan hisoblanadi va “yangi Suares” laqabi bilan mashhur.

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt  portali bu futbolchining narxini 1,5 million evroga baholamoqda.

Matias Areso joriy mavsum 14 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va to‘rtta golli pas uzatdi.

“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone jamoasi hujum chizig‘ida Luis Suares va Matias Aresoni birga o‘ynatishni rejalashtirmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!