"Atletiko" "Yuventus" taklifini rad etdi

  • 11 sentabr, 2020, 02:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi "Atletiko" forvardi Alvaro Moratani o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Marca nashrining xabariga ko‘ra, Turin klubi hujumchi uchun 50 mln evro taklif qilgan, ammo madridliklar rad javobini berishgan.

Ispaniya klubi 150 mln evro tovon puli talab qilmoqda.

Qayd etilishicha, Morata xizmatlariga "Yuve" ustozi Andrea Pirlo qiziqmoqda.

Ispaniyalik hujumchi "Atletiko"da qolishi va 2020/21 yilgi mavsumni ham La Ligada o‘tkazishi kutilmoqda.

27 yoshli hujumchi Simeone qo‘l ostida barcha turnirlar doirasida 44 ta bahs o‘tkazdi va o‘z hisobiga 16 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!