"Atletiko" "Yuventus" hujumchisi bilan shartnoma imzoladi

  • 1 sentabr, 21:09
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi "Yuventus" futbolchisi Nikolas Gonsales bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 27 yoshli argentinalik futbolchi mavsumni ijara asosida o‘tkazadi.

Tecno

"Yuventus"ning ma’lum qilishicha, transferdan turinliklar 1 million evro ishlab oladi. Bu summa 2 milliongacha o‘sishi mumkin. Shuningdek, muayyan shartlar bajarilgan taqdirda, "Atletiko" futbolchini 32 million evroga to‘liq sotib olishi shart bo‘ladi. Bu mablag‘ uch yil ichida to‘liq to‘lanadi.

Gonsales o‘tgan mavsumda A Seriya doirasida 26 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta assist bilan ajralib turdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!