
"Atletiko" ustozi koronavirusga chalindi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Cimeone koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqida klub rasmiy "Tvitter" sahifasi xabar bermoqda.
50 yoshli mutaxassisning test tahlillari musbat natija bergan va u darhol karantinga olingan. Xabarda aytilishicha, unda kasallik simptomlarsiz kechmoqda. Avvalroq, jamoa a’zolari Santyago Arias hamda Diego Kostada ham ushbu virus aniqlangan edi.
Madridliklar La Ligadagi ishtirokini 3-turdan o‘rin olgan "Granada"ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. 27 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan o‘yinda argentinalik mutahassisning qatnashishi so‘roq ostida turibdi.
Fikrlar