
"Atletiko" uni sotmaydi
"Atletiko" Madrid 2022 yilda jamoa hujumchisi Joau Felishni sotmaslikka qaror qildi. Rahbariyat va murabbiylar shtabi uni porloq kelajak kutmoqda, deb hisoblaydi.
Oxirgi paytlarda, ko‘plab sayt va nashrlarda portugalni "Manchester Siti" bilan bog‘lashayotgan edi. Biroq madridliklar uni olib qolishini ma’lum qilgach, bu xabarlarga o‘z-o‘zidan nuqta qo‘yildi.
22 yoshli futbolchiga "shaharliklar" bilan bir qatorda, MYu, "Liverpul", "Barselona" kabi nomdor jamoalar qiziqish bildirayotgandi.
Joau Felish ushbu mavsum "Atletiko" bilan La Liga doirasidagi 12 ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1 gol va 2 assist yozib qo‘ydi.
Fikrlar