
"Atletiko" tarixidagi eng qimmat futbolchi jarohat oldi
"Atletiko" Madrid forvardi Joau Felish chap tizzasidan jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 20 yoshli portugaliyalik yulduz Navarra universitetida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tez orada uning jarohati qanchalik jiddiy ekani ma’lum bo‘ladi. U iyun oyida tiklanishi kutilayotgan La Liganing qolgan o‘yinlarida maydonga tusholmasligi ham mumkin.
“Atletiko” tarixidagi eng qimmat futbolchi bu mavsum 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar