
“Atletiko” superdarvozabonidan voz kechishga tayyor. Undan zo‘ri keladi!
“Atletiko” rahbariyati qator grand klublardan taklif olayotgan Yan Oblakni transfer qilishga tayyor. Ispaniyada eng kam gol o‘tkazadigan ushbu posbon madridliklar tarkibida sovrinlarni qo‘lga kirita olmayotganidan norozi bo‘lmoqda. Oblak bu yil chempionlikni nishonlashiga ishongan edi.
Biroq, Diego Simeone shogirdlari asosiy raqobatchilari bilan ochkolar o‘rtasidagi katta farqni saqlab qola olmadi. “Barselona” va “Real” ayni paytda “Atletiko” bilan deyarli tenglashib oldi.
Diego Simeone Yan Oblak o‘rniga Angliyadan darvozabon olib kelmoqchi. Argentinalik mutaxassisga Angliya premer-ligasida porlay boshlagan Emiliano Martinesning o‘yini ma’qul kelmoqda. Bu golkiper “Arsenal” zaxirasida o‘tirishni istamay, “Aston Villa”ga ko‘chib o‘tdi va o‘zining mahoratli futbolchi ekanini isbotlab kelmoqda.
Joriy mavsumda Angliya chempionatining 31 ta o‘yinidan 14 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan Maritinesning transferi 25 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar