
"Atletiko" Simeonega ishonch bildirmoqda
Diego Simeone "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
"COPE" xabariga ko‘ra, Madrid klubi murabbiy bilan shartnomani 3 yilga uzaytirishi muhokama qilmoqda. Shuningdek, shartnomada bir band bo‘ladi. Unga ko‘ra, klub Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan taqdirda uni bekor qilishlari mumkin.
Argentinalik mutaxassis 2011 yildan buyon "Atletiko"ni boshqarib kelyapti. Uning amaldagi shartnomai 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar