
"Atletiko" Simeone boshqaruvidagi noxush an’anaga barham berdi
"Barselona" Ispaniya Superkubogi yarim final bosqichida "Atlektiko"ga mag‘lub bo‘ldi. Madridliklar Kataloniya klubi darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilishni uddalay olishdi.
Shunday qilib Diego Simeone boshqaruvida "Atlektiko" futbolchilari ilk marotaba "Barselona" darvozasiga uchta gol kiritishdi. Bu natijani qayd etish uchun argentinalik mutaxassis shogirdlariga 27 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Ushbu o‘yingacha "Atletiko" ikki marotaba kataloniyaliklar darvozasiga ikkita gol kiritishni uddalashgan, 17 marotaba esa faqat bitta to‘p bilan kifoyalanishgan, yana 7 o‘yinda esa "matraschilar" maydonni golsiz tark etishgan.
Fikrlar