"Atletiko" Rossiyadan futbolchi sotib olmoqchi

  • 7 yanvar, 2023, 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik yarim himoyachi Vendel qishki transfer oynasida "Zenit" klubini tark etishi mumkin. Metaratings telegram kanali xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi jamoasini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda.

Tecno

Yarim himoyachiga Ispaniya chempionatidan qiziqishlar bor. Madridning “Atletiko” klubi Vendel transferini amalga oshirish niyatida.

Braziliyalik futbolchi 2020 yilning oktyabr oyidan buyon Sankt-Peterburg jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan. Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, uning transfer narxi 22 million evroga baholanmoqda.

Rossiya chempionatining joriy mavsumida Vendel 16 o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!