
"Atletiko" "Real" futbolchisiga shartnoma taklif qilmoqda
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Atletiko" shu yoz "Real" yarim himoyachisi Lukas Vaskesni tarkibga qo‘shib olmoqchi.
Aytish kerakki, 29 yoshli ispaniyalik futbolchining "Qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi. “Real” rahbariyati hali ham Vaskesga yangi shartnoma taklif qilgani yo‘q. “Atletiko” esa, unga 3 yillik shartnoma bermoqchi.
Lukas Vaskes joriy mavsum La Ligada24 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Vaskes ayni damda tizzasidan olgan jarohatidan davolanmoqda. U aprel oyida "Barselona"ga qarshi bo‘lib o‘tgan “el-klasiko”da jarohat olgan.
Fikrlar