“Atletiko” rahbari jamoani chempion qilgan Simeonedan voz kechishga tayyor

  • 23 may, 2021, 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan “Atletiko” prezidenti Enrike Sereso jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone va hujumchi Luis Suares haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Suares – ajoyib o‘yinchi va juda zo‘r inson. U maydonda buni ko‘rsatib qo‘ydi. Lekin jamoada qolishi yoki ketishini uning o‘zi hal qiladi.

Simeone – “Atletiko” tarixida eng ko‘p sovrin yutgan murabbiy. Lekin u ham o‘zi istaganini qilishi mumkin. Agar qolishni istasa, bajonidil. Istamasa, ketishi mumkin. Hammasi o‘ziga bog‘liq,  - dedi Enrike Sereso.

“Atletiko” joriy mavsumda “Real” va “Barselona”ni ortda qoldirib, o‘z tarixida 11-marotaba Ispaniya chempioni bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!