"Atletiko" Prezidenti Grizmanning transferi haqida fikr bildirdi

  • 4 sentabr, 2021, 00:05
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" jamoasidagi omadsiz mavsumlardan so‘ng, Antuan yana "Atletiko"ga qaytdi.  Ushbu transfer haqida "Atletiko" rahbari Enrike Sereso o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Bu kelishuv uch tomononing istaklaridan kelib chiqib tuzildi. Biz Antuanni yaqin ikki yil ichida jamoamizda bo‘lishini ta’minlay oldik. Biz bu transferni oldindan rejalashtira olmadik. Sababi, Saulning ketishi savol ostida turgan edi.

Grizman "Barsa"ga g‘alatiroq vaziyatda ketgani rost, ammo ortga qaytmoqchi ekanligini isbotlay oldi. Uni salbiy qarshi oladigan muxlislar bo‘lishi mumkin, ammo barcha birdek fikrlamaydi. Uning qaytgani uchun mamnun bo‘lgan "fanat"lar ham bor. U juda murakkab vaziyatda ortga qaytishdan qo‘rqmadi. Demak, u biz bilan bo‘lishni istamoqda."

Eslatib o‘tamiz, shartnoma bandlariga ko‘ra, frantsuz ma’lum miqdorda o‘yin o‘tkazsa, "matraschilar" uni sotib olishlari shart.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!