"Atletiko" o‘z safiga "Real" tarbiyalanuvchisini qo‘shib olmoqchi

  • 10 iyun, 2019, 18:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi "Betis" yarim himoyachisi Serxio Kanalesga jiddiy qiziqib qoldi.

Tecno

Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 28 yoshli futbolchi uchun 40 mln evro taklif qilishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, uning shartnomasida tovon puli aynan 40 mln evro deb belgilab qo‘yilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda madridliklar ustozi Diego Simeone ushbu transferga rozilik bildirgan. Argentinalik mutaxassisning fikricha Kanales tarkibni kuchaytirish uchun eng munosib nomzod deb hisoblamoqda.

Ma’lumot uchun, Kanales asli "Real" Madrid klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ortda qolgan mavsum “Betis” safida jami 46ta o‘yinda maydonga tushdi va 9ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!