"Atletiko" o‘z hujumchisini qanchaga sotishi ma’lum

  • 31 may, 2022, 11:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" "Atletiko"dan Alvaro Moratani arzonlashtirilgan narxga sotib olishni rejalashtirmoqda. 

29 yoshli forvard oxirgi ikki mavsumni Turin klubida ijara asosiyda o‘tkazayotgandi. Ikki jamoa o‘rtasidagi shartnomada "keksa senora" ispaniyalik goleadorni 35 millionga sotish olish bandi bor. Biroq Italiya grandi bu pulni to‘lashga tayyor emas. 

"Yuventus" "matraschilar"ga 20 million evro taklif qildi, ammo rad javobini berdi. Muzokaralar davom etmoqda.

Joriy mavsum Alavro A Seriyaning 35 ta o‘yinida maydonga tushib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!