"Atletiko" murabbiyi jamoadan ketishini ma’lum qildi

  • 3 iyun, 2020, 17:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeonening assistenti Xerman Burgos joriy mavsum yakunlangach murabbiylar shtabidan ketishini ma’lum qildi.

Tecno

Xabarlarga qaraganda, u “matraschilar” safida olgan bilimlari va tajribalarini bosh murabbiy sifatida amalda qo‘llamoqchi. Burgos Argentina klublarida ish boshlashi kutilmoqda. Taxminlarga qaraganda, bu «River Pleyt» yoki «Union» jamoalaridan biri bo‘lishi mumkin.

Xerman Burgos Diego Simeone bilan birga 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U “Atletiko”ga kelguniga qadar “Kataniya” va Argentinaning “Rasing” klublarida ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!