
"Atletiko" murabbiyi EChLdan chiqib ketganidan keyin nimalar dedi?
Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan javob o‘yinida "Chelsi" "Atletiko" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Ikkala o‘yinni hisobga olsak, "Chelsi" g‘alabaga haqli edi. Birinchi uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi, ammo ular gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Raqib bugun yaxshiroq o‘ynadi va haqli ravishda keyingi bosqichga chiqdi. Biz raqib darvozasiga yo‘l topishga harakat qildik. Biroq buni uddalay olmadik.
Futbolchilar zaxiraga olingan paytda e’tiroz bildirishi tabiiy. Biz vaziyatni, umuman olganda, hujum usulini o‘zgartirmoqchi edik. Men hech narsadan norozi emasman, ular bunga loyiq edi. Biz "Chelsi"ni tabriklashimiz, saboq olishimiz va o‘z o‘yinimizni qayta ko‘rib chiqishimiz zarur".
Fikrlar