“Atletiko” Moratani katta pulga sotmadi

  • 17 avgust, 2022, 11:42
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi markaziy hujumchisi Alvaro Morata yozgi transfer oynasi paytida Angliya Premer ligasi klubiga o‘tishi mumkin, deya xabar beradi “Cadena Ser”.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi hujumchisi xizmatlariga Angliya futbolidagi top-klublardan biri qiziqish bildirgan. Nomi oshkor etilmagan jamoa Moratani 40-45 million evroga sotib olishga tayyor edi, ammo “matraschilar” rahbariyati bu taklifni rad etishdi. "Atletiko" Alvaroni yangi mavsum jamoada olib qolishni maqsad qilgan.

Morata avval ham Londonning “Chelsi” klubida o‘ynagan bo‘lib, u “Chelsi” sharafini himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsum Turinning "Yuventus" klubida ijara asosida o‘ynagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!