
"Atletiko" "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisiga taklif bilan chiqmoqchi
"Atletiko Madrid" "Manchester Yunayted"ninig sobiq vingeri hisoblangan Meyson Grinvud uchun 60 million evrolik taklif tayyorlamoqda, deb xabar bermoqda "Fichajes" nashri.
Manga ko‘ra. "matraschilar" "Olimpik Marsel" hujumchisi Meysonga jiddiy qiziqmoqda va futbolchini qo‘lga kiritish uchun 60 million evro taklif qilishga tayyor. Uning bu mavsumdagi o‘yini va natijasi jamoa bosh murabbiyi Diego Simeonega manzur kelgan. Shu sababli, frantsiyaliklar 23 yoshli futbolchini qo‘yib yuborish uchun yuqoriroq summa talab qilishi mumkin.
Transfer natijasi "Atletiko"ning qanchalik qat’iy harakat qilishiga va Grinvudning o‘zi qanday qaror qabul qilishiga bog‘liq, deb qo‘shimcha qilinmoqda.
Eng qizig‘i shundaki, agarda futbolchi qaysidir jamoaga ko‘chib o‘tsa, marselliklar transfer summasining 50 % ini "Manchester Yunayted"ga beradi.
Ma’lumot o‘rnida, angliyalik vinger joriy mavsum 26 ta bellashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 35 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar