"Atletiko Madrid" Alvaresga narx belgiladi

  • 9 dekabr, 18:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi hujumchi Xulian Alvaresni qanchaga sotishni ma’lum qildi. Bu haqda  "The Athletic" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbada yozilgan ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar argentinalik forvardga 200 million evro narx belgilagan. So‘nggi paytlarda futbolchiga "Barselona" faol qiziqish bildirayotgan edi. "Ko‘k-anorranglilar" bitimdan yuqori narx sababli voz kechishga majbur bo‘lmoqda. 

25 yoshli futbolchining hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 100 million evroni tashkil etadi. 

Eslatib o‘tamiz, Xulian joriy mavsum Simeone qo‘l ostida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol kiritdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!