"Atletiko" Ivan uchun qancha sarflamoqchi?

  • 5 aprel, 2020, 12:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Madridning "Atletiko" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich bilan o‘z safini kuchaytirmoqchi.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “matraschilar” 32 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun Kataloniya klubiga 20 mln evro taklif qilishni rejalashtirishmoqda. Ivanning o‘zi ham Ispaniyada qolish istagida va shu bois u “Atletiko”ning taklifiga rozi bo‘lishi mumkin.

Bundan avvalroq Rakitich “Sevilya”ga qaytishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi. Unga shuningdek “Inter” va “Milan”dan ham takliflar bo‘lmoqda.

Ivan Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!