
"Atletiko" ispaniyalik himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqda
"Atletiko" yozgi transfelar oynasida tarkibda katta o‘zgarishlar amalga oshirishi kutilmoqda. Jamoaning ilk xaridi ham ma’lum.
"Matraschilar" "Real Sosedad" bilan Rubin le Norman bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ushbu transfer madridliklarga 30 million evroga tushishi kutilmoqda. Shuni ham ta’kidlash kerak, ispaniyalik himoyachi ayni paytda terma jamoa bilan birgalikda "Evro-2024"da ishtirok etmoqda. Shu sababli, turnir tugaganidan keyin 27 yoshli futbolchi jamoaga kelib qo‘shiladi.
Le Norman 2016 yilda "Real Sosedad"ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. Uning transfer narxi 40 million evroga teng bo‘lib turibdi.
Fikrlar