
"Atletiko" Ispaniya kubogidagi yurishini erta yakunladi
Ispaniya kubogi doirasidagi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Real Sosedad" - "Atletiko" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘yindagi ilk golni 33-daqiqada Adnan Yanuzay kiritgan bo‘lsa, bahsdagi so‘nggi golga 47-daqiqada Aleksandr Serlot mualliflik qildi.
Ushbu natijadan keyin "matraschilar" Ispaniya kubogidagi yurishini nimchorak finalda to‘xtatdi. "Sosedad" esa kutilmagan tarzda chorak finalga yo‘l olmoqda.
Fikrlar