"Atletiko" Grizmannga o‘rinbosar topdi

  • 24 mart, 18:33
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Marsel"ning 23 yoshli hujumchisi Meyson Grinvud faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Madridning "Atletiko" klubi hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Matraschilar" tarkibida ingliz futbolchisi Antuan Grizmanning o‘rnini egallashi mumkin.

Frantsiyalik futbolchi joriy mavsum yakunida Madrid top-klubini tark etishi ehtimoli bor.

Ma’lumot uchun, Liga 1ning joriy mavsumida Grinvud 26 ta o‘yinda ishtirok etib, 15 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining provansliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning transfer qiymati 35 million evroni tashkil etadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!