"Atletiko" Godinga munosib o‘rinbosar topdi

  • 1 may, 2019, 11:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi yozda “Inter”ga ko‘chib o‘tadigan himoyachisi Diego Godinga munosib o‘rinbosar topdi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "matraschilar" urugvaylik futbolchi o‘rniga "Portu" himoyachisi Felipe Monteyroni olib kelishmoqchi. Ushbu transfer esa madridliklarga taxminan 17 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum “Portu” safida jami 48ta o‘yinda ishtirok etdi va 2ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!