
"Atletiko" futbolchisining uyiga o‘g‘ri tushdi
"Atletiko" Madrid klubi yarim himoyachisi Tomas Parteyning uyiga o‘g‘ri tushdi.
COPE nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jinoyatchilar ganalik futbolchining uyidan pullar va qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketishgan. Aytish kerakki, shu kuni uyda futbolchining xotini va uy xizmatkori bo‘lgan. Ularga hech qanday jarohat etmagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Madridning boshqa bir klubi - "Real" futbolchisi Kazemironing uyiga ham o‘g‘rilar hujum qilishgan edi.
Fikrlar