"Atletiko" futbolchisi mavsumni Bundesligada o‘tkazadi

  • 24 sentabr, 2020, 22:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" o‘zining rasmiy saytida "Atletiko" himoyachisi Santyago Ariasni tarkibga qo‘shib olganini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, “dorishunoslar” 28 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olgan. Santyago leverkuzenliklar safida 2-raqamda to‘p suradi.

Arias 2018 yildan buyon “Atletiko” futbolchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida “matraschilar” safida 51 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 12 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!