
"Atletiko" Felishsiz qoldi
"Atletiko" hujumchisi Joau Felish Ispaniya chempionati 34-turi doirasida "Malorka"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.
Portugaliyalik futbolchi bilagidagi jarohat sabab "Selta"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Forvardning qachon maydonga qaytishi bo‘yicha keyinroq ma’lumot beriladi, deyilgan klub bayonotida.
Joriy mavsumda Felish La Ligada 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol muallifi bo‘ldi.
Fikrlar