"Atletiko" Felishni sotishga rozi, biroq...

  • 15 noyabr, 2023, 19:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" joriy mavsumda "Barselona"da ijara asosida o‘ynayotgan hujumchi Joau Felish uchun narx belgiladi. "Ko‘k anorranglilar"da sotib olish imkoniyati yo‘q, ammo rahbariyat portugaliyalik hujumchi yaxshi o‘yin ko‘rsatsa, transferni doimiy ravishda amalga oshirishga harakat qiladi.

Tecno

Avvalroq, "Barselona" sport direktori Deko, agar hozir qaror qabul qilish kerak bo‘lsa, Felishni doimiy ravishda sotib olishini aytgan edi.

Joau joriy mavsumda Kataloniya grandi safida Ispaniya chempionatida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!