
"Atletiko" "Eybar" darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi (video)
Ispaniya La Ligasining 33-turida “Atletiko” o‘z maydonida “Eybar”ni qabul qildi.
Madriddagi o‘yin maydon egalarining to‘liq ustunligida kechdi. “Matraschilar” shu kuni 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Anxel Korrea (42', 44'), Yannik Ferreyra-Karrasko (49') va Markos Lorente (53', 68') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar