
"Atletiko" "Barselona" ko‘zlayotgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Atletiko" Madrid klubi "Osasuna" hujumchisi Chimi Esekel Avilega jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 25 yoshli argentinalik futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, uning tovon puli 25 mln evroni tashkil etadi. Unga shaxsan “Atletiko” ustozi Diego Simeone jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq unga “Barselona” klubi ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Chimi joriy mavsum “Osasuna” safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar