
"Atletiko" afsonasi faoliyatini yakunladi
Ispaniyalik mashhur futbolchi Gabi professional faoliyatini yakunladi. Bu haqda "Atletiko" Madrid rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Bizning afsonamiz - Gabi faoliyatini yakunladi", - deb yoziladi klub xabarida.
37 yoshli Gabi "matraschilar" safida 2004-2007 hamda 2011-2018 yillarda to‘p surgan. U ushbu davr mobaynida “Atletiko” libosida jami 413 ta o‘yin o‘tkazdiib, o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 43 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Gabi “Atletiko”dan tashqari "Xetafe", "Saragosa" va "Al-Sadd" klublarida ham o‘ynagan. U Ispaniya chempionati, Ispaniya kubogi, Ispaniya Superkubogi, Evropa ligasi va UEFA Superkubogi g‘olibi hisoblanadi.
Fikrlar