"Atletik" "Yuventus" forvardini qo‘lga kiritmoqchi

  • 3 mart, 2020, 12:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus"ninng argentinalik hujumchisi Gonsalo Iguain "Atletik Bilbao" qiziqishlari doirasiga kirdi.

Tecno

Marca nashri xabariga ko‘ra yozda hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan "yo‘lbarslar" argentinalik futbolchi bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolashga urinib ko‘rishmoqchi.

Joriy mavsumda 32 yoshli hujumchi "byankonerlar" safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib sakkiz gol va shuncha asistga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Yuventus" Iguain bilan shartnomani uzaytirish niyatidaligi xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!