"Atletik Bilbao" Valverde bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qildi

  • 24 may, 15:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilbaoning "Atletik" klubi rasmiy sayti orqali jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi. 

Tecno

61 yoshli mutaxassis 2026 yilning o‘rtasigacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzoladi. Ilgari amal qilgan shartnoma joriy yilning iyun oyi oxirida tugashi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, "Atletik" La Ligani to‘rtinchi o‘rinda yakunlab, Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanma oldi. 

Valverde 2022 yil iyul oyidan buyon "Atletik"ni boshqarib kelmoqda. U avval ham ikki marta basklar klubida ham ish olib borgan edi — 2003–2005 va 2013–2017 yillarda.

Ma’lumot o‘rnida, La Liganing so‘nggi turida "Atletik" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!