"Atalanta" Ivan Yurichni iste’foga chiqardi
Yozda "Atalanta"ga bosh murabbiy, etib saylangan Ivan Yurich o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqida klub rasmiy sahifasi orqali ma’lum qilmoqda.
Yurich o‘rniga "Atalanta"ning yangi bosh murabbiyi Raffaele Palladino bo‘ladi. U so‘nggi bor "Fiorentina"ni boshqargan.

Xorvatiyalik murabbiy bundan oldin Premer-liganing "Sautgempton" klubida ishladi va o‘tgan mavsumning o‘zidayoq iste’foga chiqdi.
Yurich o‘z vaqtida "Roma"ni ham boshqargan. U Eldor Shomurodovga eng kam daqiqalar taqdim etgan murabbiy sifatida esga olinadi.



Fikrlar