"Aston Villa" Rojers bilan shartnomani yangiladi
Rasman Morgan Rojers bilan amaldagi shartnomasini yangilaganini e’lon qildi.
Futbolchi bilan tuzilgan bitim 2031 yilgacha amal qiladi. Shu bilan birga, uning maoshi ham oshiriladi. Morgan 2024 yil boshida "Aston Villa"ga ko‘chib o‘tgandi.
Ma’lumot uchun, Rojers o‘tgan mavsum APLning eng yosh futbolchisi, deb topilgandi. U chempionatda 8 ta gol urib, 11 ta assist amalga oshirgan.



Fikrlar