
"Aston Villa" o‘z hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Iqtidorli futbolchi Jon Dyuran "Aston Villa" klubi bilan amaldagi shartnomasi muddatini uzaytirdi.
Birmingem klubi 20 yoshli hujumchi bilan yangi shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. Yangi bitim uzoq muddatga ya’ni, 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda kolumbiyalik futbolchi barcha turnirlarda 10ta o‘yin o‘tkazib, 6ta gol urishga erishgan.
Fikrlar